“O‘zbekiston havo yo‘llari” – “Eng punktual aviatashuvchi”

16:57 27 Iyul 2018 Iqtisodiyot
302 0
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK samolyoti

Moskvaning “Domodedovo” aeroporti hamkor aviakompaniyalar o‘rtasida har oylik yakunlari asosida punktual aviatashuvchini aniqladi.

Joriy yilning iyun oyi yakunlariga ko‘ra, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Moskvaning “Domodedovo” aeroportidan belgilangan jadvaldan kechikishlarsiz xalqaro qatnovlarni amalga oshirgan “Eng punktual aviakompaniya” deb e’tirof etildi, deb xabar berdi MAK matbuot xizmati.

Ta’kidlash joizki, Milliy aviakompaniya hozirgi kunda ushbu aeroportga O‘zbekiston shaharlaridan haftasiga 36 ta muntazam xalqaro qatnovni, Toshkentdan 16 ta aviaqatnovni amalga oshirib kelmoqda.

MAK joriy yil sentyabr oyidan poytaxtdan Moskvaga haftasiga 21 ta qatnovni bajarishni, viloyat aeroportlaridan esa reyslar sonini haftasiga 9 taga yetkazishni rejalashtirgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?