Messi yana bir rekord o‘rnatdi

13:26 27 Iyun 2018 Sport
765 0
Foto: Twitter / @FIFAWorldCup

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH-2018 musobaqasida Nigeriya terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib, yana bir rekord o‘rnatdi.

Twitter ijtimoiy tarmog‘ida statistikalar bilan tanishib boruvchi Gracenote Live statistik akkaunti bergan xabarga ko‘ra, bu gol orqali Messi jahon chempionatlari tarixida yoshining bir yo‘la uchta o‘nyilligida gol urgan ilk futbolchiga aylandi.

Messi ilk marta JCH-2006da, hali 19 yoshga to‘lmagan vaqtida gol urgandi. JCH-2014da gollar urganida uning yoshi 27da bo‘lgan. Nigeriya terma jamoasiga qarshi o‘yinda gol kiritgan Messi uch kun muqaddam 31 yoshga to‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi Nigeriyaga qarshi uchrashuvda 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, katta qiyinchiliklar evaziga nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 1/8 finalda terma jamoa Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?