Eronda dahshatli YTH oqibatida 27 kishi hayotdan ko‘z yumdi

14:12 11 Iyul 2018 Dunyo
377 0

Eron avtobus va yuk mashinasi to‘qnashib ketishi oqibatida 27 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 10 dan ortiq kishi jarohatlandi.

Mehr axborot agentligi xabariga ko‘ra, fojia mamlakat g‘arbidagi Kurdiston muzofotida yuz bergan.

“Avtobus neft mahsulotlari olib ketayotgan transport vositasiga urilib ketishi natijasida har ikki avtoulov ham yonib ketgan”, deyiladi xabarda.

Baxtsiz hodisa tufayli muzofotda uch kunlik motam e’lon qilindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?