Ravshan Ermatov: Nestor Pitana finalni yaxshi boshqardi. Penalti 50/50

12:41 16 Iyul 2018 Sport
888 0
Foto: “Xalq so‘zi”

Kecha Rossiyada yakunlangan futbol bo‘yicha jahon chempionati finalida hakam tomonidan belgilangan 11 metrlik jarima to‘pi futbol muxlislari va mutaxassislari tomonidan keng muhokama qilinmoqda. Ayrimlar bu yerda penalti bor desa, ayrimlar argentinalik hakam Nestor Pitananing xato qilganini aytishmoqda. Xo‘sh bu yerda haqiqatdan ham penalti bormidi?

Futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ikkita, umuman mundiallarda jami 11 bahsni o‘yinni boshqarib jahon rekordini o‘rnatgan hamyurtimiz, tajribali FIFA referisi Rashvan Ermatov bu vaziyatni quyidagi izohladi.

“Avvalo, shuni aytishim kerakki, Rossiya jahon chempionatini zo‘r tashkil qildi. Nestor Pitanaga kelsak o‘yinni yaxshi boshqardi. Penalti bahsli vaziyat bo‘ldi. Bu 50/50 juda qiyin vaziyat”, - deydi Ravshan Ermatov Xalqaro press klub tomonidan tashkil etilgan “FIFA jahon chempionati—2018”: Millionlar o‘yini, jonli translyatsiya va futbol zavqi” mavzuidagi matbuot anjumanida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?