Turkmaniston Prezidenti Belgiya – Braziliya o‘yinini bevosita stadionda tomosha qiladi

17:22 06 Iyul 2018 Dunyo
322 0
Foto: LiveJournal

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bugun Tataristonga tashrif buyurib, respublika prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashadi.

Bu haqda Tatariston rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga asoslanib RIA Novosti xabar berdi. Safar chog‘ida Turkmaniston rahbari Tatariston sanoat salohiyati ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadigan “Ideya” texnoparkiga, tibbiyot trenajyor-simulyatorlari ishlab chiqariladigan “Eydos-Meditsina” markaziga tashrif buyuradi.

O‘z navbatida, Kremlda rasmiy uchrashuv tashkil etilib, unda neft, avtomobil sanoati, kadrlar tayyorlash kabi sohalarda o‘zaro hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Tashrif doirasida Turkmaniston Prezidenti “Kazan-Arena” stadionida JCH-2018 chorak finali doirasida bo‘lib o‘tadigan Belgiya – Braziliya o‘yinini tomosha qiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?