95 million soʻmlik tilla taqinchoqlarni sotib beraman deya, pullarni oʻz ehtiyojiga sarflab yuborgan fuqaroga jinoiy ish qoʻzgʻatildi

17:40 08 Oktyabr 2020 Jamiyat
328 0

Joriy yilning mart oyida Sergeli tumanida 44 yoshli Fargʻona viloyatilik Maʼmuraxon X. tanishi 32 yoshli Sarvar A.ga umumiy vazni 330 gr. boʻlgan 95.000.000 soʻmlik tilla taqinchoqlarni sotib berishini vaʼda qilgan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar qildi.

Ammo taqinchoqlarni sotgan ayol pullarni egasiga bermasdan, oʻz ehtiyojiga sarflab yuborgan. Mazkur fakt asosida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi 3 qismi (“Firibgarlik”) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?