9 oylik go‘dak tanasidan 10 ta igna topildi

16:16 04 Iyul 2018 Dunyo
790 0

Dushanbedagi Milliy tibbiyot markazi shifokorlari 9 oylik go‘dak tanasida 10 ta igna borligini aniqlashdi. Bu haqida Sputnik xabar berdi.

Rentgen tekshiruvlariga ko‘ra, bolaning bosh, burun, oyoq, bo‘yin va ko‘krak qafasi qismlarida ignalar topilgan. Dastlabki operatsiya davomida 6 ta ana shunday metall buyum olib tashlandi.

Ignalar go‘dak tanasiga qanday qilib kirib qolgani hozircha noma’lum. Jarrohlik amaliyotiga qadar bolani biror narsa bezovta qilayotgani sezilmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, chaqaloqning onasi farzandi milkida ignalardan birini ko‘rib qolib, uni sug‘urib olgan. Shundan so‘ng kasalxonaga murojaat qilgan.

Bolaning otasi Rossiyada mehnat qiladi, ona esa uy bekasi va farzandini o‘zi tarbiyalaydi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?