9 oyda Toshkent aholisi 33 mingga koʻpaydi, ularning salkam 8 mingi yangi propiska qilinganlar

11:10 15 Oktyabr 2018 Jamiyat
889 0
Arxiv foto

Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrining doimiy aholisi soni 2018 yil 1 oktyabr holatiga 2 mln 497,9 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 33,0 ming kishiga yoki 1,3 %ga oʻsgan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi hisobotida maʼlum qilingan.

2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida 34,0 ming bola tugʻilganligi qayd etilgan boʻlib mos ravishda tugʻilish koeffitsiyenti 1000 aholiga nisbatan 18,3 promilleni tashkil etdi va 2017 yilga nisbatan 0,7 ga (2017 yilning mos davrida - 17,6 promille boʻlgan) oʻsdi.

2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida 11,9 mingta oʻlim qayd etilgan boʻlib, shundan 461 nafari 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soniga toʻgʻri kelmoqda. Oʻlim koeffitsiyenti 6,4 promilleni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,3 ga kamaydi (2017 yilning mos davrida - 6,7 promille boʻlgan).

Poytaxt aholisining tabiiy oʻsishi 9 oy davomida 22,1 ming kishini tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 2,2 ming kishiga oʻsishi (2017 yilning mos davrida 19,9 ming kishi boʻlgan) kuzatildi.

FHDYO organlarida 2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida 14,4 mingta nikoh va 3,1 mingta nikohdan ajralishlar qayd etildi.

1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsiyenti 7,7 promilleni tashkil qilib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,2 ga oʻsdi (2017 yilning mos davrida - 7,5 promille boʻlgan). Nikohdan ajralish koeffitsiyenti 1000 aholiga nisbatan 1,7 promilleni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,2 promillega (2017 yilning mos davrida 1,5 promille boʻlgan) oʻsgan.

Eslatib oʻtamiz, 1 iyul holatiga koʻra, Toshkent aholisi 2 mln 485,9 ming kishini tashkil qilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?