857 nafar vatandoshimiz Novosibirskdan Toshkentga poyezdda qaytib kelmoqda

16:25 19 Sentyabr 2020 Jamiyat
294 0

Kecha «Novosibirsk-Toshkent» yoʻnalishida navbatdagi poyezd yoʻlga chiqdi. Unda Sibir federal okrugida boʻlib turgan 857 nafar Oʻzbekiston fuqarosi Vatanga qaytib kelmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Poyezd yoʻlovchilarining roʻyxati Oʻzbekistonning Sibir federal okrugidagi Bosh konsulxonasi telegramm-kanalida joylashtirildi. Ushbu jarayonda bemorlar, yoshi ulugʻ kishilar, homilador va yosh bolali ayollarga imtiyoz berildi.

Shuningdek, oʻzbek diasporasi tashkilotlari koʻmagida fuqarolarning avtobusda vokzalga uyushgan holda kelishi taʼminlandi.

Poyezd joʻnab ketishdan avval Bosh konsulxona va Novosibirsk viloyatidagi oʻzbek diasporasi vakillari hamkorligida yurtdoshlarimiz uchun bepul issiq ovqat tashkil etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?