85 millionga yaqin kommunal qarzi toʻlab berildi

10:20 04 Iyun 2019 Jamiyat
252 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan “Ijtimoiy koʻmak” xayr ehson aksiyasi oʻtkazildi.

Aksiyada Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy birlashmalari mutaxassislari faol qatnashib, imkoniyati cheklangan, kam taʼminlangan, ehtiyojmand insonlar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek kommunal xizmat toʻlovlaridan qarzlari toʻlab berildi.

– Hozirda bu aksiyaga 537 ta oila qamrab olinib, ularga federatsiya hisobidan 85 millionga yaqin mablagʻ ajratilib, gaz, elektr energiyasi, issiq suv taʼminotlaridan qarzlari toʻlab berildi. Muborak Ramazon oyini har bir musulmon yaxshi kutib olishga, atrofdagilarga yordam koʻrsatishga intiladi. Federatsiya mutaxassislari bunday xayrli aksiyalarni oʻtkazishda davom etadi, – deydi federatsiya raisi J. Sarimsaqov.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?