80 tonnadan ziyod limon xorijga eksport qilindi

22:19 19 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
209 0

Soʻnggi yillarda respublikada limonchilik tarmogʻini boshqarish tizimini isloh qilish, limonzorlar maydonini kengaytirish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmini koʻpaytirish borasida izchil choralar amalga oshirilmoqda.

Natijada bobo dehqonlarimiz tomonidan yetishtirilayotgan limonlarga xorijda ham talabgorlar koʻlami tobora ortib boryapti. Xorij mamlakati savdo doʻkonlari rastalaridan joy olgan limonlarimiz qisqa fursatlarda oʻz xaridorlarini topishi albatta quvonarli.

Limon ozuqa moddalari va vitaminlarning ajoyib manbai. Limonning nordon va oʻtkir taʼmi insonni tetiklashtiradi va immunitetimizga turli viruslar hamda kasalliklar bilan kurashishga yordam beradi. Limonni aynan pandemiya sharoitida isteʼmol qilish inson salomatligi uchun ham juda muhimdir.

Bugungi kunda Samarqand viloyati issiqxonalarida eksportbop limonlarni yetishtirish tobora rivojlanmoqda.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati bergan maʼlumotga koʻra, joriy yilning bugungi kuniga qadar viloyatdan xorijga umumiy qiymati 99,5 ming AQSH dollarlik boʻlgan vazni qariyb 80 tonnadan ziyod limon mahsulotlari eksport qilingan.

Bunda jonbozlik koʻrsatayotgan eksportchi korxonalar faolligini alohida taʼkidlab oʻtish joiz. Quvonarlisi shuki, ushbu tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari dunyo bozorlarida oʻz mahsulotlari bilan oʻrin egallashmoqda.

Masalan, viloyatda faoliyat yuritayotgan “SAMARQAND AGRO TRADE LEADER” va “AZIA METALL PROF” kabi korxonalar limon mahsulotini eksport qilishgan.

Viloyatdan eksport qilinayotgan limonlar koʻlamini davlatlar misolida koʻradigan boʻlsak, asosan Rossiya, Afgʻoniston va Qozogʻiston kabi davlatlarning savdo rastalaridan oʻrin olmoqda.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?