8 yoshli qizaloq 40 ta misolni sanoqli daqiqada xayolan yechib berdi

14:04 20 Avgust 2019 Jamiyat
137 0

Norin tumanidagi 40-umumtaʼlim maktabining 2-sinf oʻquvchisi Shukrona Xudoyberdiyeva hisob-kitobsohasidatengdoshlaridan ancha ilgarilab ketgan. Noyob iqtidor egasi boʻlgan qizaloqberilgan sonlarniqogʻozga yozib oʻtirmasdan yoki hisoblashg vositalarisiz bir zumda xayolan koʻpaytirib tashlaydi. U ayni yoʻnalishdagi bilimdonligi bilan Toshkent shahrida mental arifmetika boʻyicha oʻtkazilgan respublika ochiq chempionati gʻoliblari qatoridan oʻrin oldi.

Shukrona bu yerda bir xonali sonlarni ikki xonalisiga koʻpaytirish boʻyicha berilgan 40 ta misolni belgilangan 10 daqiqa oʻrniga 4 daqiqayu 40 soniyada bajarib, hakamlar xayʼatini lol qoldirdi.Keyingi topshiriq – bir xonali sonlarni uch xonalisiga koʻpaytirishni8daqiqayu 2 soniyada uddalagan qizaloqning natijalari 2-oʻringa munosib topildi.

- Nabiramningoʻqishini oʻzim kuzatib boraman,-deydi Shukronaning bobosi Zafar Xudoyberdiyev. – Darslardan soʻng ham shugʻullanishi uchun uyimizda yetarli sharoit yaratganmiz. Uning asosiyvaqti koʻproq xonadonimizdagi kutubxonada oʻtadi. Bu yerda badiiy adabiyotlar qatoridaboshlangʻich taʼlimga oid kitoblar ham yetarli.

Poytaxtdan nufuzli chempionatning 2-darajali diplomi, medal hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan qaytgan Sh. Xudoyberdiyevadan uning hamqishloqlari- norinkapaliklarning umidi katta.

Qudratilla NAJMIDDINOV./ “Xalq soʻzi”/.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?