8 mlrd so‘mdan ortiq soliqlarni to‘lamagan korxona fosh qilindi

11:14 07 Avgust 2018 Jamiyat
1058 0

8 mlrd 303 mln so‘m. Bu “Targed Metall” mas’uliyati cheklangan jamiyatining byudjetga to‘lashi lozim bo‘lgan soliq va majburiy to‘lovlar miqdori.

Jamiyat rahbari Sodiq Hasanov ataylab avvaldan ishni chigallashtirishni puxta o‘ylab qo‘ygan edi. Buzoqning yugurgani somonxonagacha, deganlaridek, uning bu rejasi uzoq davom etmadi.

Jamiyat rahbari Sodiq Hasanov Surxondaryo viloyati Hurlik mahallasida doimiy ro‘yxatda bo‘lib, Toshkent shahar Chilonzor tumani 20-daha, 1-uy, 30-xonadonda yashab kelgan. Korxonasini esa Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumanida davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan. Faoliyatini esa Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanida olib borgan.

Kalavaning uchini chigallashtirgan jamiyat rahbari 2014-2016 yillar davomida amalga oshirgan moliyaviy faoliyatini soliq solish obyektlaridan yashirib keldi. Uning qilmishlarini Yuqori Chirchiq tumani prokuraturasi fosh etdi. Mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoiy ish ochildi.

Rahmatilla ShЕRALIYEV, “Xalq so‘zi” muxbiri


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Hayot” filmi endi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Osmonga koʻtarilayotgan harbiy vertolyotlar, qiruvchi samolyotlardan olingan tasvirlar, jang maydonidagi qonli muhoraba, oh-vohlar, baqir-chaqirlar... Askar snayperlik vintovkasining durbini orqali dushmanning peshonasini moʻljallamoqda. U aynan qayerga oʻq uzmoqchi ekanini ziyrak boʻlmagan tomoshabin ham darrov ilgʻashi tayin: durbinning moʻljal belgisi ekranda koʻz oʻngingizda turadi.

12 Yanvar 2019