8 mln. soʻmlik elektron tamakilarning noqonuniy ravishda olib kirilishi toʻxtatib qolindi

17:52 13 Avgust 2019 Jamiyat
73 0

Illyustrativ foto

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Navoiy” chegara bojxona posti xodimi tomonidan qoʻshni davlatdan piyoda holda kirib kelgan fuqaro K.R.ning qoʻl yuklari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida belgilangan meʼyordan ortiqcha boʻlgan qiymati 2,7 million soʻmlik 100 quti xorijda ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlarini olib oʻtayotganligi aniqlandi. Bu haqda DBQ axborot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti xodimi tomonidan, qoʻshni davlatdan kirib kelgan fuqaro Q.B. ning qoʻl yuklari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan va ogʻzaki soʻrovda taqdim qilinmagan, qiymati 2 million soʻmlik 100 quti elektron tamaki mahsulotlarini yashirganligi fosh boʻldi.

Xuddi shu post xodimlari tomonidan yana bir holat aniqlandi Qoʻshni davlatdan kirib kelgan fuqaro K.Sh.ning qoʻl yuklari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan hamda ogʻzaki soʻrovda taqdim qilinmagan qiymati 1,2 million soʻmlik elektron tamaki mahsulotlarini qayta sotish maqsadida noqonuniy olib kirishga uringan vaqtida toʻxtatib qolindi.

“Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti xodimlari tmonidan aniqlangan yana bir holatda fuqaro X.E.ning qoʻl yuklari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan va ogʻzaki soʻrovda taqdim qilinmagan, qiymati 2,1 million soʻmlik 71 quti elektron tamaki mahsulotlarini qoʻshni davlatdan oli kirayotganligi maʼlum boʻldi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?