8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida

21:22 07 Mart 2019 Hujjatlar
593 0

Arxiv foto

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda aziz va moʻtabar ayol zotini ulugʻlash, ularning davlat va jamiyat hayotida tutgan oʻrni va nufuzini oshirish, xotin-qizlarimizning oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, sogʻlom va maʼnan barkamol etib tarbiyalash, yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish hamda aholi farovonligini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlarini munosib qadrlash maqsadida qishloq xoʻjaligi, sanoat, tadbirkorlik, fan-texnika, innovatsiya, taʼlim-tarbiya, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sanʼat va boshqa sohalarda alohida tashabbus koʻrsatib, samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh ayollarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlansin:

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi”

Salohiy Dilorom Isomiddin-qizi — Samarqand davlat universitetining mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi mudiri, Samarqand viloyati

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi”

Markelova Lyudmila Vasilyevna — Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining velotrek boʻlimi katta murabbiy-oʻqituvchisi

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Vaxidova Gulchexra Gulyamovna — mehnat faxriysi, Toshkent shahri

Mustafayeva Xanifa — mehnat faxriysi, Toshkent shahri

Rashidova Sayyora Sharafovna — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori

Salyamova Nazira — Toshkent shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi jamoat fondi rahbari

Xashimova Ulmas Paxritdinovna — mehnat faxriysi, Toshkent shahri

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Abdirova Tazaxan Mambetkarimovna — “Qoʻngʻirot soda zavodi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining sex apparatchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Abidova Muxabbat Fazilovna — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi

Aliyeva Zuxraxon Karimovna — Quva tumani “Quva hayoti” gazetasi bosh muharriri, Fargʻona viloyati

Aripova Tamaraxon Uktamovna — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining immunologiya va inson genomikasi instituti direktori

Arslanova Nargiza Mutalovna — Toshkent shahridagi “Akfa Dream World” masʼuliyati cheklangan jamiyati kran mashinisti

Bazarova Matluba — Buxoro viloyati hunarmandchilikni rivojlantirish markazi rahbari

Kushbayeva Sharapat — mehnat faxriysi, Toshkent shahri

Qosimova Olmaxon Imindjanovna — “Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarishni sozlash va texnik hisob-kitob boʻlimi muhandisi, Sirdaryo viloyati

Maksudova Zulpiya Ruzimatovna — Toshkent shahridagi “DMC” innovatsion koʻp tarmoqli klinika direktori

Muxitdinova Mukaram Ishanovna — “Nuroniy” jamgʻarmasining Markaziy Kengashi faxriy ayollar bilan ishlash guruhi rahbari oʻrinbosari

Salaxitdinova Muxarram — mehnat faxriysi, Toshkent shahri

Sultanova Sayyora Umarovna — mehnat faxriysi, Toshkent shahri

Xabibullayeva Eleonora Raxmatjanovna — mehnat faxriysi, Toshkent shahri

II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan

Azimova Gulrano Zuxurovna — Yunusobod tumanidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 87-maktab direktori, Toshkent shahri

Eraliyeva Malika Maxkamovna — Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 59-oilaviy poliklinika mudiri, Namangan viloyati

“Doʻstlik” ordeni bilan

Abdusattarova Shoira Qaxramonovna — Yunusobod tumanidagi 50-oilaviy poliklinika bosh shifokori, Toshkent shahri

Azimova Raʼno Usmanovna — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, tarjimon 

Atamatova Xadicha Salomovna— mehnat faxriysi, Toshkent shahri

Dauletova Gulistan Otemisovna — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Durdiyeva Gavxar Salayevna — Xorazm Maʼmun akademiyasi janubiy Orolboʻyi tarixiy meʼmoriy yodgorliklarini sinash va taʼmirlash laboratoriyasi mudiri, Xorazm viloyati

Koshimbetova Kutli Abdullayevna — Qoʻngʻirot tumanidagi “Qoraqalpogʻiston” shaharcha fuqarolar yigʻini raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Kucharova Dildora Lutpullayevna — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktorining oʻrinbosari

Mamurjonova Masturaxon Anvarovna — “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Uzun tumani boʻlimi rahbari, Surxondaryo viloyati

Matyakubova Paraxat Mayliyevna — Toshkent davlat texnika universitetining metrologiya, ctandartlashtirish va sertifikatlashtirish kafedrasi mudiri

Musayeva Sayyora — mehnat faxriysi, Toshkent shahri

Muxtorova Nazira Abdusattarovna — Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari — xotin-qizlar qoʻmitasi raisi

Otayeva Farogʻat Moʻminovna — Mirishkor tumanidagi “Yangi Mirishkor agropilla” masʼuliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Qashqadaryo viloyati

Pak Rita Isekovna — Oʻzbekiston koreys madaniy markazlari uyushmasi raisining oʻrinbosari

Sativaldiyeva Tanzila Mansurovna — “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Mis eritish zavodi suvli eritmalar elektrolizchisi, Toshkent viloyati

Sodikova Masudaxon — Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi “Dilrabo-SDA” koʻp tarmoqli ishlab chiqarish korxonasi direktori, Namangan viloyati

Tulekova Ziba Tolibekovna — Tomdi tumani hokimining oʻrinbosari — xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Navoiy viloyati

Tuxtaboyeva Ochaxon Turaboyevna — Soʻx tumani hokimining oʻrinbosari — xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Fargʻona viloyati

Xaydarova Nilufar Anvarovna — Andijon shahridagi “Zahiriddin Muhammad Bobur Universal Academy” nodavlat taʼlim muassasasi direktori, Andijon viloyati

Shariatulayeva Maryam — mehnat faxriysi, Toshkent shahri

Sharifxodjayeva Lolaxon Usmanovna — mehnat faxriysi, Toshkent shahri

Yusupova Xadiya — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi aʼzosi

“Shuhrat” medali bilan

Bobojonova Nigora Yusupovna — Mirzachoʻl tumanidagi 2-maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi, Jizzax viloyati

Jurayeva Shoira Shoniyozovna — Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri bosh baletmeysteri

Komalova Mexriniso Nafasovna — Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Yakkabogʻ tumani Kengashi raisining oʻrinbosari, Qashqadaryo viloyati

Kushchanova Nigora Kuchkarovna — Urganch shahridagi “Xorazm texnologiya” xususiy korxonasi rahbari, Xorazm viloyati

Odilova Gulnoza Komiljonovna — Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri

Oripova Oyimxol Axmedovna — Nurota tumanidagi “Muruvvat” nogiron erkaklar uchun internat uyi katta hamshirasi, Navoiy viloyati

Otaxonova Odinaxon Inomovna — Shahrixon tumanidagi “Inomjon fayz” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Andijon viloyati

Sadikova Dilbar Yusupjonovna — Bekobod shahar xalq taʼlimi boʻlimi bosh mutaxassisi, Toshkent viloyati

Sadullayeva Rano Shavkatovna — Sirdaryo tumanidagi “Sirdaryo universal oyna” masʼuliyati cheklangan jamiyati texnik-nazorat boʻlimi operatori, Sirdaryo viloyati

Toshova Moyra Nabiyevna — Buxoro shahridagi “Shayx-ul Olam” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Buxoro viloyati

Ubaydullayeva Xurshida Abdullayevna — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining genomika va bioinformatika markazi laboratoriya mudiri

Xamdamova Mavluda Norimovna — “Hunarmand” uyushmasining Samarqand viloyati boshqarmasi “Ustoz — shogird” maktabi rahbari

Yuldasheva Zulfiya Kuralovna — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti     Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2019 yil 6 mart


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?