77 nafar hamyurtimiz “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

18:41 14 Dekabr 2018 Jamiyat
1702 0

Foto: D. Chirkova / Xalq soʻzi

Bugun respublikamiz boʻyicha 77 nafar hamyurtimiz ilk marotaba “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi tomonidan taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

Qayd etilganidek, Prezidentimizning “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishonini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal boʻldi.

Foto: D. Chirkova / Xalq soʻzi

Taqdirlanganlar respublikamizda erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash ishlariga munosib hissa qoʻshishgan hamda barcha islohotda faol ishtirok etib kelayotgan NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillaridir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?