7-sentabr — Xalqaro moviy osmon uchun toza havo kuni

17:46 07 Sentyabr 2020 Jamiyat
274 0

BMT hisob-kitoblariga koʻra, dunyo boʻylab har 10 kishidan 9 nafari ifloslangan havodan nafas oladi. Bu yurak-qon tomir kasalliklari, insult, oʻpka saratoni va boshqa nafas yoʻli kasalliklariga olib keladi. Atmosferaning ifloslanishi, shuningdek, iqtisodiyot, oziq-ovqat xavfsizligi va atrof-muhit uchun ham xavf tugʻdiradi.

Olimlar fikricha, COVID-19 pandemiyasi tufayli havoning ifloslanishini kamaytirish boʻyicha keng koʻlamli tajriba boshlangan. Xitoy, Janubiy Koreya, AQSH va Buyuk Britaniya ekologiyasidagi ijobiy siljishlar “yashil iqtisodiyot”ga oʻtishda shaharlarning qanday boʻlishini koʻrsatadi. Biroq karantin cheklovlari yumshatilgandan soʻng, chiqindilar koʻpayishi yana kuzatilmoqda, bu baʼzi joylarda COVID-19 darajasidan oshib ketdi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish taʼkidlaganidek: “Bizga fundamental va tizimli oʻzgarishlar kerak. Atrof muhitni ifloslantiruvchi moddalarning chiqishini oldini oluvchi ekologik standartlarni, siyosat va qonunlarni kuchaytirish har qachongidan ham zarurroqdir. Mamlakatlar, shuningdek, qazilma yoqilgʻini subsidiyalashdan voz kechishlari kerak. Xalqaro darajada mamlakatlar toza texnologiyalarga oʻtishda oʻzaro yordam koʻrsatish uchun hamkorlikni davom ettirishlari zarur”.

Xalqaro moviy osmon uchun toza havo kuni jamoatchilik va davlat idoralarining eʼtiborini havoni ifloslanish muammosiga qaratishga, zararli chiqindilarni kamaytirishga, yashil zonalarni kengaytirishga, ekologik toza sanoat va transportni rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlarni birlashtirishga qaratilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?