7 oʻrinli “Mercedes Benz”ni 8 oʻrinliga aylantirish rejasi chippakka chiqdi

17:22 09 Mart 2020 Jamiyat
356 0

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Ark buloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan poytaxtimizda faoliyat yurituvchi korxona nomiga kelgan “Mercedes Benz Metris MMPV2G” avtotransport vositasi oʻrnatilgan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazildi.

Tekshiruv davomida taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi hamda tegishli hujjatlarda avtotransport vositasining haydovchi oʻrindigʻi bilan birgalikda oʻrindiqlar soni 8 ta deb notoʻgʻri koʻrsatilganligi, aslida esa haydovchi oʻrindigʻi bilan birgalikda oʻrindiqlar soni 7 ta ekanligi aniqlandi. Bu haqda DBQ xabar berdi.

Natijada salkam 334 million soʻm bojxona toʻlovlaridan imtiyoz notoʻgʻri qoʻllanilganligi maʼlum boʻldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

“Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-sonli qarori talablariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan haydovchi bilan birgalikda 8 va undan ortiq kishini tashishga moʻljallangan turizm toifasiga oid transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirayotgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari 2022-yilning 1-yanvariga qadar bojxona toʻlovlarini toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etilgan“ deyiladi qoʻmita axborotida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?