7 mart kuni poytaxtning bir qator koʻchalarida qatnov cheklanadi

23:53 06 Mart 2019 Jamiyat
581 0

Foto: Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Toshkent shahar Yoʻl harakatini tashkil etish markazi hamda IIBB YHXB tomonidan 7 mart kuni soat 9:00 dan 19:00 ga qadar poytaxtning ayrim koʻchalarida yoʻl qatnov qismlarining chiziqlarini chizish ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan ayrim koʻchalarda qatnov cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligining Matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, yoʻl qatnov qismlarining chiziqlarini chizish ishlari paytida quyidagi koʻchalarda transport harakati qisman cheklanishi mumkin:

  • Islom Karimov koʻchasining Islom Karimov — Amir Temur chorrahasidan Islom Karimov — Sharof Rashidov chorrahasiga qadar boʻlgan qismida;
  • Shahrisabz koʻchasining Shahrisabz — Istiqbol chorrahasidan Shahrisabz — Mustaqillik chorrahasiga qadar boʻlgan qismida.

Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun poytaxt maʼmuriyati aholidan uzr soʻrаmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?