7 kunda 2,1 mlrd. soʻmlik avtoraqamlar sotildi

15:33 12 Aprel 2019 Jamiyat
306 0

Illyustrativ foto

2019 yilning 1 aprelidan 7 apreligacha boʻlgan davr mobaynida “OʻzRTXB” AJ da 998,3 mlrd soʻmlik bitimlar tuzildi. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 37,8 foizga koʻtarilib, deyarli 419,7 mlrd soʻmni tashkil etdi. Bu haqda OʻzRTXB" AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 536 ta avtomobil raqami sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,1 milliard soʻmdan ortiqni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 22 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 49 foizi ikkinchi va 29 foizi uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent shahri va Toshkent viloyati avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 20 foizga teng. Ikkinchi oʻrinda Samarqand viloyatining avtohavaskorlari 14 foiz ulush bilan joylashdi. Keyingi oʻrin Namangan va Xorazm viloyatlarining avto havaskorlariga tegishli boʻlib, har birining ulushi 12 foiz ni tashkil qildi. Qolgan hududlarning ulushi 42 foizga teng.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?