68 000 AQSH dollarini olib, bergan vaʼdasini bajarmagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

17:00 16 Avgust 2019 Jamiyat
130 0

Illyustrativ foto

2019-yil 15-avgust kuni Toshkent shahrining Chilonzor tuman IIO FMBga tushgan hujjatlar toʻplamiga koʻra, 2018-yil sentyabr oyida Chilonzor tumanining Katta Chilonzor 5-tor koʻchasida yashovchi 25 yoshli A.V. Chilonzor koʻchasida 42 yoshli O.J.ga Xitoy Xalq Respublikasidan shisha va shisha mahsulotlarini olib kelib berishlikni vaʼda qilib, undan 68 000 AQSH dollarini olgan va shu kunga qadar bergan vaʼdasini bajarmay, pullarni oʻz ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga koʻra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?