6 oydan buyon xorijdagi shifoxonada komada yotgan chustlik fuqaro yaxshilar koʻmagida uyiga qaytarildi

15:24 16 Fevral 2019 Jamiyat
344 0

Illyustrativ foto

“Xalq soʻzi Online”. Qudratilla NAJMIDDINOV/Namangan. Rossiya Federatsiyasining Zariysk shahrida mehnat qilayotgan chustlik Boburjon Rasulovning boshiga kulfat tushdi. Oʻtgan yilning sentyabrida ish joyida falokatga uchragan yurtdoshimiz qariyb olti oydirki, oʻsha joydagi markaziy shifoxonada koma holatida yotadi.

B. Rasulovning oʻta ogʻir ahvoldaligidan xabar topgan “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi Namangan viloyat boʻlimi uni Oʻzbekistonga olib kelish haqida tegishli idoralarga murojaat qildi. Boburjon yaqinda Respublika Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab –quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi tomonidan uyiga olib kelindi.

Tugʻilib oʻsgan goʻshasiga qaytarilgan hamyurtimiz ayni paytda yaqinlari mehri va shifokorlar nazoratida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?