6 ming dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan o‘qituvchi va talaba ushlandi

10:32 01 Iyun 2018 Iqtisodiyot
1068 0
Foto: genplanua.com

Toshkentda oliy o‘quv yurtiga kiritib qo‘yishni va’da qilib, pora olayotgan o‘qituvchi va talab qo‘lga tushdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB huzuridagi Jinoyat qidiruv boshqarmasi Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Toshkent agrar universitetining sobiq xodimi, xozirda kasb-hunar kollejlaridan birining direktori hamda ushbu universitetning 2-kurs talabasi 6 ming AQSH dollari evaziga oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishga taklif qilayotgani aniqlandi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida gumondorlardan biri talab qilingan summaning yarmini olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi. Ayblanuvchining ko‘rsatmalariga asosan ikkinchi gumondor ham

Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan mazkur holat yuzasidan to‘langan daliliy ma’lumotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 va 211 moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?