52 nafar o‘zbekistonlikning o‘limiga sabab bo‘lgan avtobusdagi yong‘in ishi sudga oshirildi

13:41 09 Iyul 2018 Jamiyat
729 0
Foto: Sputnik

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Samara — Chimkent trassasidagi avtobus yong‘ini to‘g‘risidagi ish sudga oshirildi. Bu haqda Qozog‘iston bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Yanvar oyida yuz bergan mazkur fojia oqibatida 52 nafar O‘zbekiston fuqaro hayotdan ko‘z yumgan edi. Mudhish hodisadan besh kishi, jumladan uch nafar qozog‘istonlik haydovchi omon qolgan edi.

Xabarda aytilishicha, hodisa yuzasidan besh kishiga, xususan uch nafar haydovchi va “Aziya trans servis” kompaniyasining ikki nafar xodimiga nisbatan ayblov e’lon qilingan.

Kompaniya avtobuslarni reysdan oldin ko‘rikdan o‘tkazish majburiyatini olgan bo‘lgan.

“Avtobuslar haydovchilariga nisbatan sud sanksiyasi bilan qamoqqa olish ehtiyot chorasi ko‘rilgan, kompaniya rahbari va mexanigiga nisbatan garov ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Shuningdek, avtobus egasiga nisbatan xalqaro qidiruv e’lon qilingan”, deyiladi xabarda.

Prokuratura yong‘in avtobus salonida kavshar lampadan foydalanilgani oqibatida kelib chiqqanini ma’lum qilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?