52 nafar hamyurtimizning oʻlimiga sabab boʻlgan avtobusni oʻzimiz yoqqan boʻlib chiqayaрmiz

12:58 02 Noyabr 2018 Jamiyat
2035 0
Foto: НТВ

Jinoiy ishlar boʻyicha Oqtoʻbe maxsus sudida Oʻzbekistonning 52 nafar fuqarosining oʻlimiga sabab boʻlgan avtobus yongʻini bilan bogʻliq ish boʻyicha munozaralarni qabul qilish tugatildi.

Advokatlarning qayd etishicha, ularning mijozlari Oqtoʻbe viloyatida Oʻzbekistonning 52 nafar fuqarosining oʻlimi uchun aybdor emaslar. Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, mazkur ish boʻyicha Qozogʻistonning besh nafar fuqarosi: avtobusni ijaraga olgan firma taʼsischisi, mexanik va uch nafar haydovchi ayblanmoqda.

Prokurorlar ularga 7 yilgacha qamoq jazosi berishni soʻraganlar.

Xususan, avtobus haydovchilari odamlarning oʻlimiga sabab boʻlgan avtobusdan foydalanish qoidalarini buzish (Q. R. Jinoyat kodeksining 345 moddasi 4-qism) va odamlarning oʻlimiga sabab boʻlgan yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish (Q. R. Jinoyat kodeksining 292 moddasi 3-qism) kabilar boʻyicha ayblanmoqda.

Mexanik esa odamlarning oʻlimiga sabab boʻlgan nosoz avtobusni yoʻlga chiqarganlikda ayblanmoqda.

Avtobusni ijaraga olgan firma taʼsischisi esa QR Jinoyat kodeksining 254, 348, 385 moddalari tegishli qismlari boʻyicha ayblanmoqda. Xususan, u oʻz vazifalarni notoʻgʻri bajargani, texnik nosoz transport vositasini foydalanishga chiqargani, buning oqibatida ikki va undan ortiq inson oʻlimiga sabab boʻlingani, hujjatlarni soxtalashtirish va undan foydalanish kabi ayblovlar bilan ayblanmoqda.

Advokatlar esa oʻz himoyalaridagi barcha sudlanuvchilarni oqlashni talab qilmoqdalar. Ularning soʻzlariga koʻra, bu ayblovlar avtobusda oʻt kelib chiqishiga sabab boʻla olmaydi. Demak, sudlanuvchilar yoʻlovchilarning oʻlimiga javobgar emaslar.

“Himoyamdagi mijozim Maksat Pernebekov (avtobus haydovchisi) telefonda gaplashganini, rulni boshqa haydovchiga berganini inkor qilmayapti. Ammo bu qoida buzilishlar uchun u jinoiy emas, balki maʼmuriy javobgarlikka tortilishi kerak. Axir insonning xatti-harakatlari va uning oqibatlari oʻrtasidagi sabab boʻladigan bogʻliqlik boʻlishi kerak. Yongʻinga kavshar lampa sabab qilib koʻrsatildi. Uni esa kimdir Pernebekov uxlab yotgan paytda avtobus saloniga olib kirgan. U yongʻin paytida uygʻonib ketgan va moʻjiza tufayli omon qolgan”, - deydi advokat Xayrulla Alimagambetov.

Maʼlum qilinishicha, Oqtoʻbe viloyati trassasida avtobus besh soat toʻxtab qolgan. Natijada yoʻlovchilar qattiq sovqotgan. Shu paytda kimdir salonga kavshar lampa olib kirgan va bu yongʻinga sabab boʻlgan. Ammo uni kim olib kirgani maʼlum emas.

Advokatlarning fikriga koʻra, omon qolgan yoʻlovchilardan biri chiroqni tepib yuborgan. Tushib ketayotgan paytda esa u benzin shishasiga urilib ketgan va bu kuchli yongʻinga sabab boʻlgan.

“Ular hech qanday oʻt o`chirish moslamalari va bolgʻalar yoʻq edi, deb aytishmoqda. Bularning barchasi ogʻzaki ayblov. Bilasizmi, ular xalqaro avtomobil yoʻlida harakatlanishgan. Ular Rossiyada qattiq tekshiriladi. Bularning barchasi fojia yuz bergan joyda yuzaki tekshiruvlar oʻtkazilganini koʻrsatadi. Endi ular zimiston xonada qora mushukni qidirishmoqda, ammo u bu yerda yoʻq, - deydi advokat Egemkul Junisov.

Beshinchi noyabr kuni oxirgi sud boʻlib oʻtadi. Unda ayblanuvchilarga oxirgi soʻz beriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?