50 ming so‘mlik kupyurani qalbakilashtirgan jinoyatchi qo‘lga olindi

11:10 24 May 2018 Jamiyat
2843 0
Foto: darakchi.uz

O‘zbekiston milliy valyutasining eng qiymati katta kupyurasi sanalgan 50 ming so‘mlik pulning qalbakilashtirish holati aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatmoqda.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatining Parkent tumani IIBga 2018 yil 23 martdagi kelib tushgan hujjatlarda shu yil mart oyi mobaynida Parkent tumani MIB xodimlari tomonidan tumanda yashovchi fuqarolardan kommunal to‘lovlarni yig‘ish vaqtida qabul qilingan pullar orasida bir dona 50 000 so‘mlik kupyura haqiqiyligiga shubha uyg‘otganligi sababli tekshirilganida qalbaki ekani aniqlangan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashovchi muqaddam sudlangan A.A. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.

Jinoyatchining qancha miqdorda pulni qalbakilashtirgani borasida aniq ma’lumotlar berilmagan.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?