Sobiq Bosh prokuror Otabek Murodovga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi

11:52 21 Iyun 2019 Siyosat
3793 0

Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so'zi"

Bosh prokuror lavozimidan ozod qilingan Otabek Murodovga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Bu haqda Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida ishtirok etayotgan Prezident Shavkat Mirziyoyev maʼlum qildi.

“Xalq soʻzi“ muxbiri xabariga koʻra, davlat rahbari Murodovni poraxoʻrlikda ayblanayotganini taʼkidlagan.

“Qaysidir vazir qanchadir miqdorda pul olibdi degan gapni eshitish menga judayam yoqimsiz. Bu biz qutulishimiz lozim boʻlgan kasallik. Oʻzi uyimizda yotoqxona va oshxona, ikkitagina xonaga kirsak, nima keragi bor 20 xonalik uyni? Bu nimasi axir? Men unga lavozim beraman va ishonishimni aytaman, u esa lavozimni egallagandan oʻzgaradi, ertasiga pora oladi. Viloyat prokurorlari va hokimlardan 50-100 ming dollargacha pora olgan. Barcha soliqchi va prokurorlar poraxoʻr, buni juda yaxshi bilaman”, deya gapirgan Prezident.

Shuningdek, Mirziyoyev prokuratura organlarining faoliyatida oʻzgarish boʻlishi mumkinligini ham eslatgan.

“Bunaqa ketishda davom etadigan boʻlsa, prokuratura tizimini mutlaqo qisqartirib yuboraman, koʻproq vakolatni Adliya vazirligiga beraman. Nigʻmatulla Yoʻldoshev olti oydan keyin kelib, nimani oʻzgartirganini aytishini, tizimni tozalashini, yaxshi takliflar berishini kutaman”, deya prezidentning soʻzlarini keltirmoqda “Xalq soʻzi“ muxbiri.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?