5 milliard soʻmlik basseyn foydalanishga topshirildi

20:45 20 Mart 2019 Jamiyat
587 0

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati.

Bugun Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Katta Qorasuv mahallasida yopiq turdagi yangi basseyn foydalanishga topshirildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Matbuot xizmati xabar berdi.

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan barpo etilgan mazkur obyektning ochilish marosimida jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, davlat hamda jamoat tashkilotlari vakillari, sportchilar, yoshlar, jurnalistlar qatnashdi.

Ushbu majmuani qurish uchun Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 5 milliard soʻm ajratildi. Obyektda 11x25 metr oʻlchamdagi suzish havzasi, murabbiylar, shugʻullanuvchilar uchun yuvinish, kiyinish, dam olish, tibbiyot xonalari, suvning tarkibi, sifati nazorat qilinadigan laboratoriya hamda tomoshabinlar uchun oʻrindiqlar mavjud.

Mirzo Ulugʻbek tumani 1-sonli bolalar-oʻsmirlar sport maktabi ixtiyoriga berilgan mazkur inshootda bir kunda 120 nafar oʻgʻil-qiz suzish sporti sirlarini oʻrganishi uchun sharoit yaratilgan. Eʼtiborlisi, bolalar va oʻsmirlar sport maktabiga Jamgʻarma tomonidan 52 nomdagi 70 million soʻmlik jihozlar ham topshirildi.

 

 

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?