5-11-sinflar uchun yakuniy davlat imtihonlari oʻtkaziladimi yoki bekor qilinadimi? — XTV vakili javob qaytardi

19:17 19 Aprel 2020 Jamiyat
643 0

Foto: O'zA

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati rahbari Anvar Umarov ishtirokida brifing oʻtkazildi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlari qanday oʻtkaziladi?

Javob: Xalq taʼlimi vazirligi va tegishli davlat tashkilotlari 5-11-sinf oʻquvchilari uchun bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlarini oʻtkazish yoʻllari yoki bekor qilish masalasini muhokama qilmoqda.

Ishlab chiqilgan takliflar Maxsus hukumat komissiyasi muhokamasiga taqdim etiladi. Xalq taʼlimi vazirligi Maxsus hukumat komissiyasining bu masaladagi qarorini oʻz kanallari orqali maʼlum qiladi.

Savol: Direktor oʻrinbosarlarini 105-sonli buyruq asosida ularning roziligisiz mehnat taʼtiliga chiqarish mumkinmi?

Javob: Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, davlat byudjeti mablagʻlaridan yana-da samarali va maqsadli foydalanishni taʼminlash maqsadida qabul qilingan Xalq taʼlimi vazirining joriy yil 13-apreldagi 105-sonli buyrugʻiga asosan, oʻqituvchi lavozimi bilan qoʻshib olib borayotgan direktor, uning oʻrinbosarlari va boshqalar, xalq taʼlimi boshqaruvi organlari xodimlariga ularning mehnat taʼtili davrida ushbu soatlar uchun HAQ TOʻLANMAYDI.

Shu bilan birga, ushbu buyruqda xodimlarni mehnat taʼtiliga chiqarish boʻyicha hech qanday topshiriq yoki koʻrsatmalar belgilanmagan.

Savol: Hozir otpuskaga chiqib ketsak, 20 kundan keyin otpuskamiz tugaydi, oʻsha payt karantin tugamagan boʻlsa, bizni oʻz hisobimizdan yana taʼtilga chiqarishadimi?

Javob: Navbatdagi mehnat taʼtilidan foydalangan hamda ish jarayonini masofaviy tarzda, moslashuvchan ish grafigi asosida tashkil etish imkoni boʻlmagan xodimlarga toʻlovlarni amalga oshirish boʻyicha qisqa muddatda taklif ishlab chiqish Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Respublika maxsus komissiyasi tomonidan yuklatildi. Bu masala boʻyicha qoʻshimcha axborot beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?