476 mingdan ziyod chaqaloq havoning ifloslanishi qurboniga aylandi — OAV

15:01 24 Oktyabr 2020 Dunyo
231 0

2019-yilda dunyo boʻylab 476 mingdan ziyod goʻdaklar havoning ifloslanishi qurboniga aylanishdi. Ularning barchasi bir oylikdan oshmagan edi.

Bu haqda Xalqaro Sogʻliqni saqlash hamda Sogʻliqni saqlash meʼyorlari va baholash instituti mutaxassislari tomonidan tuzilgan Stateof Global Air yillik hisobotida maʼlum qilindi.

“Oʻtgan yili havoning ifloslanishi dunyodagi barcha bolalar oʻlimining 20 foiziga sabab boʻldi”, deyiladi hisobotda.

Aniqlik kiritilishicha, tadqiqotchilar oʻzlarining tahlillarida faqat 27 kungacha boʻlgan chaqaloqlarning oʻlimi bilan bogʻliq holatni hisobga olishgan.

Unga koʻra, vazni kam dunyoga kelgan chaqaloqlar xavf ostida boʻlib, ular boshqalarga qaraganda har xil infeksiyalar va pnevmoniyaga koʻproq moyildirlar. Bundan tashqari, nafas olish yoʻllari xastaliklari erta tugʻilgan chaqaloqlar uchun, ayniqsa, xavfli hisoblanadi, zero, ularning oʻpkalari hali toʻliq rivojlanmagan boʻlishi mumkin. Shuningdek, havoning ifloslanishi bolalarda miya xastaliklarini qoʻzgʻatadi.

Maʼlum qilinishi, oʻlim holatlarining aksariyati Janubiy Osiyo va Sahroi Kabirdan janubda joylashgan Afrika davlatlariga toʻgʻri kelgan. 2019-yilda ushbu hududlarda 422 mingga yaqin goʻdaklar havoning ifloslanishidan vafot etishgan.

Olimlarning taʼkidlashicha, oʻtgan yili oʻlim xavfini oshiradigan omillar orasida 6,75 million kishining bevaqt oʻlimiga sabab boʻlgan havoning ifloslanishi toʻrtinchi oʻrinni egallagan.

“Bu 2019-yilda har toʻqqiz kishidan biri havoning ifloslanishidan vafot etganligini koʻrsatmoqda”, - deyiladi tadqiqot xulosasida.

Qayd etilshicha, havodagi PM2,5 mikrozarralar (diametri 2,5 mikrometrdan koʻp boʻlmagan)ning oshishishi hamda xonadonlarning ifloslangan havosi oʻlimga olib keluvchi havo ifloslanishining eng keng tarqalgan sabablari hisoblanadi.

Uydagi ifloslanish qattiq yoqilgʻi - koʻmir va oʻtindan taom tayyyorlashda foydalinish sabab kelib chiqadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?