45 720: Hindistonda koronavirus bilan kasallanishning kunlik rekordi yangilandi 

22:49 23 Iyul 2020 Dunyo
432 0

Chorshanba kuni Hindistonda koronavirus bilan kasallanishning kunlik rekordi yangilanib, 45 720 kishiga COVID-19 tashxisi qoʻyildi. Bu bilan mamlakatda koronavirusni yuqtirib olganlarning umumiy soni 1.24 millionga yetdi, deya xabar berdi Hindiston sogʻliqni saqlash vazirligi.

Shuningdek, Hindistonda 22-iyul kuni koronavirus qurbonlari soni 1129 kishiga koʻpayib, bu kasallik tufayli vafot etganlarning umumiy soni 29 861 nafarga yetdi. Kasallanganlarning 784 432 nafari tuzalgan boʻlib, ayni paytda 427 080 kishi davolanmoqda.

Hozirda Hindiston koronavirus tarqalishi boʻyicha dunyoda AQSH va Braziliyadan keyin uchinchi oʻrinni egallab turibdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?