43 yoshli hamyurtimiz Sankt-Peterburgda yonayotgan avtobusdan qariyb 50 kishining hayotini qutqarib qoldi

12:36 02 Dekabr 2019 Dunyo
124 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Primorsk shossesida butunlay yonib ketayotgan avtobus videosi paydo boʻldi. Aniqlanishicha, ushbu transport vositasi salonida qariyb 50 yoʻlovchi boʻlgan. Bu haqda Sankt-Peterburg hukumati nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, barcha yoʻlovchilarni avtobusning 43 yoshli haydovchisi boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi qutqarib qolgan. Ular transport vositasini tark etib, hech qanday jarohat olmagan.

Qayd etilishicha, avvaliga haydovchi orqa tomonda qora tutun paydo boʻlganini payqab qolgan. U shu zahoti avtobusni toʻxtatib, koʻz ochib-yumguncha uchta eshikni ochgan va evakuatsiya haqida eʼlon qilgan.

Taʼkidlanishicha, haydovchi avtobusni oʻtoʻchirgich(ognetushitel) bilan oʻchirishga harakat qilgan, ammo bu yordam bermagan. Unga voqea joyiga yetib kelgan FVV xodimlari yordam bergan. Qutqaruvchilar olovni tezda bartaraf etishgan.

Sankt-Peterburg ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan vaziyat boʻyicha tekshiruv ishlari olib borilyapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?