400 mingdan koʻproq oilalarga moddiy yordam pullari tarqatiladi — Prezident Farmoni

18:52 30 Iyul 2020 Hujjatlar
291 0

“Xalq so`zi ONLINE”

Shavkat Mirziyoyev bugun “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonga imzo chekdi.

Hujjatga koʻra:

* moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarning roʻyxatlariga (“temir daftar”) kiritilgan va aʼzolari 1,7 million nafardan ortiq boʻlgan 400 mingdan koʻproq oilalarga byudjetdan bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi;

* moddiy yordam pullari ehtiyojmand oilalarga 15-avgustga qadar yetkaziladi;

Koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish maqsadida hamda Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan Respublika byudjetidan:

* moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasining hududiy boʻlimlariga 200 milliard soʻm;

* tez tibbiy yordam brigadalari xodimlariga (vrach, feldsher, sanitar va haydovchilar) bir martalik pul mukofoti berish uchun 100 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?