4 sotix yer uchastkasi 931 million soʻmga realizatsiya qilindi

09:59 30 Iyul 2020 Iqtisodiyot
120 0

Xorazm viloyati, Urganch shahridan boshlangʻich narxi 4,3 mln. soʻm boʻlgan yer uchastkasi 931 mln. soʻmga realizatsiya qilindi. Ushbu koʻp qavatli turarjoy binolari va majmualari qurishga ruxsat berilgan 0,04 gektar yer uchastkasi uchun oʻtkazilgan auksion savdosida 21 nafar ishtirokchi qatnashgan. Gʻolib ishtirokchi tomonidan 18 oy davomida 5 mlrd. soʻm miqdorida investitsiya kiritish sharti qabul qilingan.

Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumanidan boshlangʻich narxi 2,1 mln. soʻm boʻlgan yer uchastkasi 134 mln. soʻmga realizatsiya qilindi. Ushbu klinika, dispanserlar, dorixonalar qurishga ruxsat berilgan 0,007 gektar yer uchastkasi uchun oʻtkazilgan auksion savdosida 3 nafar ishtirokchi qatnashgan. Gʻolib ishtirokchi tomonidan 7 oy davomida 650 mln. soʻm miqdorida investitsiya kiritish sharti qabul qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?