37 nafar jizzaxlik qiz ragʻbatlantirildi

10:38 19 Oktyabr 2020 Jamiyat
132 0

Jizzax shahridagi “Yoshlar innovatsion markazi”da yurtimiz oliy oʻquv yurtlariga qoʻshimcha kvotalar asosida qabul qilingan 37 nafar jizzaxlik qizni ragʻbatlantirish tadbiri boʻlib oʻtdi.

— Jizzax viloyatidan 1975 nafar xotin-qizlardan murojaatlar kelib tushdi va shundan 1009 nafar qizlarning arizalari viloyat ishchi guruhi tomonidan koʻrib chiqildi, - deydi Respublika mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari Gulnora Marufova. – 924 nafar qizlarning murojaatlari nizom mezonlariga mos kelganligi sababli tavsiyanomalarga ega boʻlishdi. Mazkur tavsiyanomaga ega boʻlgan qizlarning 37 nafari yuqori ball toʻplaganligi, ammo davlat grantiga biroz bali yetmagan paytda tavsiyanoma qoʻl keldi va grant asosida oliy taʼlimga kirishga muvaffaq boʻldi.

Tadbirda 37 nafar oliy taʼlimga grant asosida tavsiyanoma bilan oʻqishga kirishga muvaffaq boʻlgan qizlarga Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyevning qimmatbaho sovgʻalari topshirildi.

Tadbir davomida viloyat Madaniyat boshqarmasining musiqiy chiqishlari tashkil etildi.

Tolibjon ERGASHEV,
(“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?