36 nafar oʻquvchi Sharda universitetiga imtiyozli ravishda oʻqishga kirish huquqini qoʻlga kiritdi

10:22 03 Mart 2020 Jamiyat
186 0

Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Davlatimiz rahbarining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash borasida Andijon viloyatida ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Andijon shahrida boʻlib oʻtgan“Talabalikka bir qadam” respublika fan Olimpiadasi bunga misoldir. Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi hamda Oʻzbekiston — Sharda universiteti hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda respublikamizdagi umumtaʼlim maktablarining 9-11 sinflarida taʼlim olayotgan 2398 nafar oʻquvchilar oʻz bilimlarini sinash uchun ishtirok etdilar. Olimpiadaning ahamiyatli jihati shundaki, unda gʻolib chiqqan 36 nafar oʻquvchilar yuqori ball toʻplab, Sharda universitetiga grant va boshqa imtiyozlar orqali oʻqishga kirish huquqini qoʻlga kiritdilar.

Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmati
Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmati

-Tanlov biz kabi yoshlar uchun katta imkoniyat eshigini ochadi,-deydi Marhamat tumanidagi 47-IDUM oʻquvchisi Muhammadjon Yuldashev. –Ana shu imkoniyatdan unumli foydalanishni istagan oʻquvchi esa har doim aʼlo bahoga oʻqishga harakat qiladi. Ushbu tanlovning menga yoqqan eng maqbul jihatlaridan yana bir shundaki, imtiyozli ravishda oʻqishga kirish huquqini qoʻlga kiritganlarga beriladigan sertifikat uch yil muddat ichida amalda boʻlar ekan.

Gʻoliblar Sharda Universitetining maxsus sertifikatlari bilan taqdirlandilar.

Saminjon HUSANOV,

“Xalq soʻzi” muxbiri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?