36 million soʻmlik pishgan gʻisht butkul sifatsiz ekanligi aniqlandi. Isteʼmolchining shu boʻyicha murojaati ijobiy hal etildi

15:01 19 Avgust 2019 Jamiyat
105 0

Illyustrativ foto

2019-yil 5-avgust kuni Navoiy shahar Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Navoiy shahri Gʻalaba Shox koʻchasi 51-a uyda yashovchi fuqaro Gulbaxor Rashidova yozma murojaat qildi.

Unda Karmana tumanida joylashgan pishgan gʻisht ishlab chiqarish sexidan 36 000 000 soʻm miqdordagi pishgan gʻisht sotib olganligini, ammo mahsulot sifatsiz va yaroqsiz holda ekanligidan noroziligini bildirgan.

Fuqaro murojaati Federatsiya mutaxassislari tomonidan oʻrganib chiqilganda haqiqatan ham pishgan gʻisht mahsulotining 15 000 donasi butkul sifatsiz holda ekanligi kuzatildi.

Shundan soʻng jamiyat mutaxassislari ushbu holat boʻyicha oʻtkazgan kuzatuv-oʻrganishlar xulosasiga koʻra tadbirkor N.Saynazarov va I.Ochilovga Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunida mustahkamlab qoʻyilgan 14,17,18-moddalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Natijada, isteʼmolchiga yetkazilgan moddiy zarar undirilishi va sifatsiz chiqqan 15 000 dona gʻisht mahsuloti uchun toʻlangan pul mablagʻi qaytarilishida amaliy yordam koʻrsatildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?