36 million soʻm egasiga qaytarildi

17:49 14 Yanvar 2019 Jamiyat
654 0

Illyustrativ foto

Buxoro shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga 2018 yil 8 noyabr kuni Jondor tumani, “Nurafshon” qishloq fuqarolar yigʻinidagi Moxon qishlogʻida yashovchi fuqaro Sh. Rustamov shikoyat arizasi bilan murojaat kildi.

Maʼlum boʻlishicha, Sh. Rustamov “Nexia-3” rusumli avtomashinani shartnoma orqali xarid qilish uchun Buxoro shahri, Ibn Sino koʻchasidagi “Umid Savdo fayz Invest” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 36 million 25 ming soʻm naqd pul toʻlagan, biroq buyurtmadan hamon darak yoʻq emish. Xaridor oʻz huquqini talab qilib, korxonaga bir necha marotaba murojaat qiladi. Ammo har gal turli bahonalar bilan isteʼmolchiga tayinli javob berilmaydi.

Mazkur shikoyat arizasi yuzasidan Buxoro shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan izchil oʻrganish ishlari olib borildi. Pirovardida isteʼmolchining qonuniy talabi qondirilib, uning MCHJ hisob raqamiga qachonlardir oʻtkazib qoʻygan 36 million 25 ming soʻm naqd puli olib berildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?