Toshkentda koronavirusni yuqtirgan yana bir bemor hayotdan koʻz yumdi

10:35 06 Iyul 2020 Jamiyat
1964 0

Illyustrativ foto

Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi 67 yoshli L.M. (erkak kishi) joriy yil 26-iyundan tomogʻida ogʻriq, tana harorati koʻtarilgan, ammo shifokorga murojaat qilmasdan uyida davolangan.

SSV xabariga koʻra, 1-iyul kuni uning yoʻtali kuchayib, nafas siqishi belgilari paydo boʻlgach, tez yordam chaqirgan va tez tibbiy yordam mashinasida Toshkent shahar 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan.

Shu kuni undan “COVID-19” infeksiyasiga tahlil olinib, zudlik bilan reanimatsion muolajalar boshlangan. Bemorga oʻtkir miokard infarkti, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas yetishmovchiligining 2-darajasi, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kasalligi” tashxisi qoʻyilgan. Unda koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli shifokorlar tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida oʻtkazilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor oʻtkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?