33 nafar maktab bitiruvchisiga tikuv mashinasi taqdim etildi

07:46 15 Iyul 2020 Jamiyat
300 0

Respublikamizda umumtaʼlim maktablari bitiruvchilarining bandligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, Shahrixon tumanidagi 33 nafar 11-sinf bitiruvchilariga tikuvchilik faoliyatini yoʻlga qoʻyishlari uchun 300 million soʻmdan ziyod imtiyozli kredit asosida 5 turdagi tikuv mashinasi taqdim etildi.

— Maktabda oʻqib yurgan paytlarimdayoq tikuvchilik sir-sinoatlarini oʻzlashtirganman, — deydi bitiruvchi Feruzaxon Qalandarova. — Menga taqdim etilgan tikuv mashinasidan foydalangan holda bir oyda 1 mln. 200 ming soʻmgacha mablagʻ topish imkoniyatim bor.

Bu kabi eʼtibor yoshlarning mustaqil hayotda oʻz oʻrinlarini topishlari uchun davlatimiz tomonidan berilgan amaliy yordam boʻldi.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?