300dan ortiq soxta harbiy tavsiyanomalar aniqlandi — DTM

11:23 30 Oktyabr 2020 Jamiyat
213 0

Bu haqda DTM direktori oʻrinbosari Sardor Rajabov AOKAda oʻtayotgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

— Joriy yilda harbiy qism qoʻmondonligi tavsiyanomasiga ega jami 13107 nafar abituriyentning 1828tasi qayta tekshirildi.

Qayta tekshiruv natijalariga koʻra, 1828 nafar abituriyentdan 1516 nafari tavsiyanomaga ega ekani, 172 nafari safarbarlik chaqiruv rezervida xizmat qilgani, 85 nafari xizmatni oʻtamagani va 55 nafari muddatli harbiy xizmatni oʻtgan boʻlsa-da, tavsiyanomaga ega emasligi tasdiqlandi.

Test natijalari tahlil qilinganda, 1615 nafar abituriyentdan 128 nafari davlat grantiga, 478 nafari toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?