30-martdan maktab oʻquvchilari uchun TV-darslar boshlanadi

10:26 27 Mart 2020 Jamiyat
2416 0

Foto: www.google.com

30-martdan Oʻzbekistonda maktab oʻquvchilari uchun masofaviy taʼlim boshlanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Axborot xizmati rahbari Feruza Madrahimova maʼlum qildi.

“Darhaqiqat, karantin davri taʼtillari berilishi munosabati bilan Xalq taʼlimi vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va PISA bilan hamkorlikda videodarslar tayyorlanmoqda.

Bu darslarning efirga uzatilishida farzandlarining uni tomosha qilishi va oʻzlashtirishida ota-onalarning roli muhim hisoblanadi.

Ota-onalar iloji boʻlsa, birga koʻrishsa, farzandlarini nazorat qilishsa, maqsadga muvofiq boʻlar edi”, – deydi inspeksiya vakili.

Maʼlumot uchun, “Yoshlar” telekanalida – 1-4-sinf, “Oilaviy” telekanalida – 5-8-sinf, “Madaniyat va maʼrifat” telekanalida – 9-11-sinf oʻquvchilari uchun, “Dunyo boʻylab” telekanalida esa barcha amaliy fanlardan televizion darslar berib boriladi.

Televizion darslar oʻzbek va rus tillarida tasvirga olinmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?