3 oyda ogʻir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarning salomatligini tiklashga 1 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi

03:54 06 Aprel 2019 Jamiyat
400 0

Illyustrativ foto

Respublikamizda nogironligi boʻlgan xotin-qizlarning ijtimoiy moslashuvini taʼminlash, ularning hayot kechirish sifatini yaxshilash maqsadida 2019 yilning I choragida 980 nafar imkoniyati cheklangan xotin-qizlarga amaliy yordam koʻrsatildi.

Jumladan, ular nogironlik aravachalari, tibbiy protez-ortopedik va eshitish moslamalari, qoʻltiqtayoq, hassalar, yurish moslamalari hamda dori-darmon vositalari bilan taʼminlandi.

Shuningdek, ogʻir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarning salomatlik holatlarini yaxshilash maqsadida statsionarlarda davolanishga, sihatgohlarga va shahar hududidagi klinikalarda bepul davolanish kurslarini olish uchun orderlar topshirildi. Ushbu tadbirlar uchun Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan 1 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ ajratildi.

Xotin-qizlar qoʻmitasi matbuot xizmati.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?