3 ming yillik tarix ifodasi

10:34 19 Oktyabr 2020 Jamiyat
162 0

Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyida eksponatlar soni 40 mingdan ortdi.

— Oʻtgan asrning 40 yillaridan buyon qoʻshma ekspeditsiyalar tashkil etib kelinmoqda,-deydi muzey rahbari Ixtiyorjon Rasulov. -Ayniqsa, viloyatning Dalvarzintepa, Qoʻshtepa, Mingtepa kabi yodgorliklaridan topilgan mahalliy xalqning turmush tarzini, madaniyatini, urf-odatini ifoda etuvchi osori atiqalar muzey fondini boyitmoqda.

Ushbu maskanda saqlanayotgan eksponatlar oʻzbek xalqining 3 ming yillik tarixini oʻzida mujassam etganligi bilan ahamiyatlidir.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?