3 gektar yerni firibgarlik yoʻli bilan sotmoqchi boʻlgan jamiyat rahbari ushlandi

12:21 23 Oktyabr 2020 Jamiyat
350 0

Urganch tumanida 3 gektar yer maydonini firibgarlik yoʻli bilan sotmoqchi boʻlgan jamiyat rahbari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Xorazm viloyat boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Urganch tumanida faoliyat yurituvchi “M.Q.” MCHJ rahbari J.Q. fuqaro Sh.D.ning ishonchiga kirib, jamiyatga uzoq muddatga chorvachilik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ajratilgan yer maydonidan 3 gektarini Urganch tumani hokimligi zaxirasiga qaytarib, uning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga 40 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan J.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?