3 bokschimiz finalda, Tursunoy Rahimova esa Olimpiada litsenziyasi uchun ringga koʻtariladi

10:29 11 Mart 2020 Sport
405 0

Bugun Iordaniyaning Amman shahrida boks boʻyicha Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi musobaqa oʻz yakuniga yetadi. Turnirning soʻnggi kun dasturidan final va Olimpiada litsenziyasi uchun kechadigan bahslar oʻrin olgan.

Kecha yarim final jangini muvaffaqiyatli oʻtkazgan bokschilarimiz Elnur Abduraimov (-63 kg), Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg) va Bahodir Jalolov (+97 kg) bugun oltin medal uchun ringga koʻtarilsa, Tursunoy Rahimova (-51 kg) Olimpiada litsenziyasi uchun jang olib boradi.

-51 kg: Tursunoy Rahimova – Yutumas Jitpong (Tailand) (14:00)

-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – Muhammad Alvadi (Iordaniya) (20:45dan soʻng)

-63 kg: Elnur Abduraimov – Zakir Safiullin (Qozogʻiston) (21:00dan soʻng)

+91 kg: Bahodir Jalolov – Yustis Xuni (Avstraliya) (22:15dan soʻng)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?