29 ming yevro qalbaki pulni soʻmga almashtirmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

16:35 19 Aprel 2019 Jamiyat
297 0

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentning Mirobod tuman boʻlimi hamda tuman IIB xodimlari hamkorlikda qalbaki kupyuralarni fosh qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd qilinishicha, bank tomonidan berilgan xabarga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshirishda, fuqaro A.Z. tomonidan ATB “Asaka bank” Yunusobod filialiga milliy valyutaga ayriboshlash uchun taqdim etilgan 58 dona 500 yevro kupyuralik, jami 29 ming yevro pul mablagʻlari qalbaki ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.Z.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Fargʻona viloyati prokurori tomonidan


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?