28-iyun kuni Polshada prezident saylovi oʻtkaziladi

23:18 03 Iyun 2020 Dunyo
163 0

28-iyun kuni Polshada navbatdagi prezident saylovlari boʻlib oʻtadi. Bu haqda Seym (parlamentning quyi palatasi) spikeri Eljbeta Vitek chorshanba kuni boʻlib oʻtgan brifingda maʼlum qildi, deb xabar berdi TVN24 kanali.

Ovoz berish aralash usulda olib boriladi: fuqarolar saylov uchastkalariga borib yoki pochta orqali ovoz berishi mumkin.

Olisdan ovoz berishni istagan Polsha fuqarolari 16-iyunga qadar xabar berishlari kerak, chet elda yashaydigan fuqarolar esa 13-iyungacha ovoz berish uchun murojaat qilishi mumkin.

7-aprel kuni Polsha Seym saylov kodeksiga oʻzgartirishlar kiritdi. Yangi qoidalarga koʻra, prezidentlik saylovlari pochta orqali ham ovoz berilishi mumkin. Ushbu chora COVID-19 epidemiyasi paytida saylovchilar xavfsizligi uchun qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?