26 nafar sud raisiga yangi xizmat avtomashinalari topshirildi

17:48 06 May 2019 Jamiyat
418 0

Bugungi kunda sud-huquq sohasidagi islohotlar sabab sudlar faoliyatini moddiy-moliyaviy taʼminlashga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud— huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018 yil 13 iyulda qabul qilingan Farmoni alohida ahamiyatga ega. Zero, mamlakatimizni yanada rivojlantirishning asosiy talablaridan biri sud organlari nufuzini kuchaytirish, sudlarning chinakam mustaqilligini taʼminlash va sud ish yurituvi samaradorligini oshirish hisoblanadi.

Maʼlumki, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 79-moddasida har bir sud alohida bino, qoʻriqlash va avtotransport bilan taʼminlanishi belgilangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Qaroriga koʻra, sudlarni transport vositalari bilan taʼminlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilgan.

Kuni kecha poytaxtimizdagi “Milliy” stadionda Toshkent shahri va Toshkent viloyati tumanlarida faoliyat koʻrsatuvchi maʼmuriy va iqtisodiy sudlar raislariga yangi avtomashinalarni topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqla Oliy sud Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda Oliy sud raisi K.Kamilov, Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti direktori B. Teshaboyev va boshqalar ishtirok etdi.

Tadbirda Oliy sud raisi K. Kamilov Toshkent shahar maʼmuriy va Toshkent viloyat maʼmuriy sudlariga “Lasetti” rusumli avtomashina, tuman maʼmuriy va iqtisodiy sudlariga “Neksiya” rusumli avtomashinalar kalitlarini tantanali topshirdi.

— Sudyalar nomidan Prezidentimizga, Oliy sud rahbariyatiga oʻz minnatdorligimizni bildiramiz, — deydi Oʻrta Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudi raisi T. Annayeva, — Qasamyodimizga sodiq boʻlgan holda bizga bildirilgan ishonchni oqlashga, sayyor sudlar orqali odil sudlovni taʼminlash, fuqarolar haq-huquqlarini himoya qilishga vaʼda beramiz.

Tadbirda Toshkent viloyati va tuman sudlariga 18 ta, Toshkent shahri va tumanlari sudlariga 8 ta avtomashina topshirildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?