253 ta banddan iborat “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi loyihasi 15 yanvarga qadar jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi

23:52 03 Yanvar 2019 Siyosat
1776 0

“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi loyihasini yanada takomillashtirish hamda fuqarolar bilan maslahatlashgan holda ishlab chiqish maqsadida jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etildi.

2019 yil Davlat dasturi loyihasi 253 ta banddan iborat boʻlib, Oʻzbekiston prezidentining 2018 yilning 28 dekabr kuni Oliy Majlisga taqdim etgan murojaatnomasida belgilab berilgan asosiy gʻoya va takliflari hamda 2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalarni inobatga olgan holda ishlab chiqildi.

Shuningdek, jamoatchilik muhokamalari doirasida fuqarolar, xalqaro ekspertlar, tegishli vazirlik va idora mutaxassislari, biznes doira hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari ishtirokida davra suhbatlari, munozaralar, ochiq muloqotlar oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan.

Muhokamalar davomida kelib tushgan barcha fikr va takliflar natijasida Davlat dasturi loyihasi yanada takomillashtiriladi.

“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamalari 2019 yilning 15 yanvariga qadar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?